Kontent qismiga oʻtish

Chex tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Chexchadan yoʻnaltirildi)
Chex tili
Milliy nomi čeština
Mamlakatlar Chexiya Chexiya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10.600.000
Turkumlanishi
Til oilasi Hind-yevropa tillari;
Slavyan tillari
Alifbosi lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 cs
ISO 639-2 ces
ISO 639-3 ces

Chex tili hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi gʻarbiy slavyan tili boʻlib, slovak, polyak va qisman serb tillariga yaqin til hisoblanadi. Chex tili taxminan X oxirlarida yuzaga kelgan. Birinchi chex tilidagi tarixiy yozuvlar esa, XII ga borib taqaladi.

Chex tili — hind-yevropa tillari oilasidagi slavyan guruhining sharqiy slavyan guruhchasiga mansub tillardan biri, Chexiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan, Chexiyada (8,5 mln. kishi), shuningdek, Slovakiya, AQSH, Kanada, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 million kishidan ortiq (oʻtgan asrning 90-yillari oʻrtalari).

Chex tili 4 lahjaga boʻlinadi: 1) asl chex (markazi Praga boʻlgan oʻrta chex, janubi gʻarbiy, shimoli sharqiy shevalar); 2) ganak (ganats); 3) lyash (silez); 4) moravslovak. Fonetik xususiyatlari: soʻz maʼnolari va shakllarini farqlashga xizmat qiladigan choʻziq va qisqa unlilarning mavjudligi, qattiqlik va yumshoqlik boʻyicha moye keluvchi 3 juft undoshning borligi va boshqa morfologik xususiyatlari: otlar turlanishi va feʼllar tuslanishining xilma-xil turlari, 3 ta jins kategoriyasi, 2 xil son kategoriyasining mavjudligi, sodda oʻtgan zamon shaklining yoʻqligi va boshqa

Adabiy chex tili oʻrta chex shevalari asosida shakllangan. Dastlabki yozma yodgorligiga mansub. XV—XVI asrlarda adabiy til barqarorlashgan, lekin 1620-yildan XVIII asr oxirigacha Chexiya Gabsburglar sulolasi qoʻl ostida boʻlib, rasmiy til nemis tili boʻlganligidan chex tili rivojlanmay qolgan. XVIII asr oxiri XIX asr boshida chex tili XVI—XVII asrlar adabiyoti asosida qayta tugʻiladi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.[1]

  1. "Chex tili" OʻzME. Ch-harfi (Wayback Machine saytida 2022-02-03 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil