Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bu sahifada xushsifat maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „xushsifat“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.

Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.


Xushsifat maqolalar asboblari
Aloqador mavzular

Arxiv

Nomzodlikka qoʻyish

  1. Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
  2. Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:XMN}} andozasini joylang.
  3. Joylangan andozadagi „Maqolani xushsifat maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
  4. Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
  5. Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.
Nominator(lar): Xumoshox Ismoilova (munozara) 06:26, 2026-yil 23-iyun (UTC)javob berish

Mazkur maqola dogʻistonlik islomiy ilohiyotchi va qomusiy olim haqida boʻlib, uning Sovet ittifoqi davomidagi jadidchilik faoliyati yoritilgan. Maqola faqat 5 ta tilda mavjud boʻlsa ham, uni mazkur status darajasiga olib chiqishni niyat qildim. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda jadidlar hayotini keng miqyosida oʻrganish va hujjatlashtirish, arxiv manbalarini ochiqlash ishlari doirasida mazkur maqola ham loyiha rivojiga hissa qoʻshadi degan umiddaman. Maqolani yozishda mustaqil tadqiqot qilinmagan va barcha maʼlumotlar manbalarga asoslanadi.

Maqola bilan tanishib chiqib unga baho berishingiz va kamchiliklarni tuzatishda amaliy yordam koʻrsatishingizni iltimos qilaman. Xumoshox Ismoilova (munozara) 06:26, 2026-yil 23-iyun (UTC)javob berish

Avvalambor maqola uchun tashakkur. Oʻzbekcha Vikipediyada sifatli maqolalar koʻpayishiga boʻlgan ishtiyoqingizni qoʻllab quvvatlagan holda uni oʻqib chiqdim. @Xumoshox Ismoilova: maqolada uchratgan kamchiliklarim:

  • Alining otasi Dogʻiston janubida va Yelizavetpol guberniyasida faoliyat yuritgan qurolsoz boʻlib, 1884-yilda Ali yetti yoshda boʻlgan paytda janjal vaqtidagi pichoqbozlik oqibatida halok boʻlgan. gapni ilk qismidagi Otasi Dogʻiston janubi va Yelizavetpol guberniyasida faoliyat yuritgan qurolsoz boʻlgan. 1884-yilda Ali yetti yoshligida janjal vaqtidagi pichoqbozlik oqibatida halok boʻlgan. deya sodda va toʻgʻriroq tarjima qilinsa maqsadga muvofiq boʻlardi.
  • al-Gʻumuqiy koʻchmanchi hayot kechirgan bu gapdagi koʻchmanchi soʻzi koʻproq umumhayot tarzi koʻchmanchi jamiyatlarga mos boʻlgani uchun gapni Oʻqishini tamomlagach, butun Kavkaz va Usmoniylar imperiyasi boʻylab bir necha madrasalarda taʼlim oladi. Shu tufayli hayoti koʻchishlarda oʻtgan deb oʻzgartirish.
  • Muhammad Tohir al-Qaraxiyning ʻ„Brilliance of Dagestani Sabres in Some of the Battles of Shamil“ʻ ushbu kitob nomini ham asl arabcha nomini bergan maʻqul
  • ʻAstraxandalik davri, Al-Azhardagi oʻqishlarʻ ushbu sarlavha ham gʻaliz uni oʻzgartirish lozim.
  • Al-Gʻumuqiyning Al-Azhardagi faoliyati uning qoʻlyozmalari Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin topilguniga qadar bahsli boʻlib kelgan[7], mashhur rivoyatlardan biriga koʻra esa, u oʻz bilimi universitet dasturidan ustun boʻlgani uchun professor etib tayinlangani aytiladi[6]. gap inglizcha bilan bir xil holda mantiqsiz choʻzilgan. Uni Al-Gʻumuqiyning Al-Azhardagi faoliyati uning qoʻlyozmalari Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin topilguniga qadar bahsli boʻlib kelgan[7]. Mashhur rivoyatlardan biriga koʻra esa, olimning bilimi universitet dasturidan ustun boʻlgani uchun professor etib tayinlangani aytiladi[6]. oʻlaroq ikkiga boʻlish lozim.
  • Qrim va Volga boʻyidan farqli oʻlaroq, bu yerda islomiy modernizm avvalroq paydo boʻlgan Rossiya imperiyasining boshqa hududlaridan koʻra Shimoliy Kavkaz Usmonli imperiyasi va arab dunyosi bilan bevosita aloqalarga koʻproq ega edi, chunki oʻsha paytda bu mintaqaning umumiy tili arab tili boʻlgan; shu bois misrlik modernistlar gʻoyalari Shimoliy Kavkaz uchun boshqa islomiy modernizm shakllariga qaraganda jozibadorroq tuyuldi[9]. gapida ham toʻgʻridan toʻgʻri tarjima tufayli keraksiz choʻzilish bor. Qrim va Volga boʻyidan farqli, Rossiya imperiyasining boshqa hududlaridan koʻra Shimoliy Kavkazda islomiy modernizm avvalroq paydo boʻlgan. Shuningdek oʻsha paytda bu mintaqaning umumiy tili arab tili boʻlgani sababli Usmonli imperiyasi va arab dunyosi bilan yaqin aloqalarga ega edi. Shu bois misrlik modernistlar gʻoyalari Shimoliy Kavkaz uchun boshqa islomiy modernizm shakllariga qaraganda jozibadorroq tuyuldi[9]. deb oʻzgartirish kerak.
  • Al-Gʻumuqiy boshqa koʻplab jadidlarga oʻxshash tarzda Dogʻistondagi taʼlim ahvoli uchun qashshoqlik, eʼtiborsizlik va arab tilini majburiy oʻqitishni ayblar edi. gapni Al-Gʻumuqiy boshqa koʻplab jadidlarga oʻxshab Dogʻistondagi taʼlim ahvolida qashshoqlik, eʼtiborsizlik va arab tilini majburiy oʻqitish kabi sabablarni koʻrsatar edi. deya oʻzgartirilsa.
  • davlat nomi boʻlgani sababli ʻShimoliy Kavkaz Togʻliklari Respublikasiʻ deya nomlash maqsadga muvofiq.
  • maqola matnida gaplar soʻnggi -di shaklida berib ketilgan mavzu oʻtmishda boʻlgani sababli --gan, -adi tarzida berish toʻgʻridir. Butun matnni shu vaj bilan toʻgʻirlab chiqishingiz maqolani yanada mukammal boʻlishiga olib keladi deb oʻylayman. Mirishkorlik (munozara) 08:32, 2026-yil 14-sentyabr (UTC)javob berish
Fikrlar uchun tashakkur. Keltirilgan sharhlarni koʻrib chiqdim. 1-fikrni toʻgʻri deb hisoblamayman. Sababi ushbu variantni men ham oʻylagan ammo boʻlgan... boʻlgan... deya takroriy soʻz ishlatish oʻrniga, biroz murakkab gap sturkturasini qoʻllashni maqul koʻrgan edim. 2-fikrni maqullayman va gap tarkibini oʻzgartirdim. Asarning inglizcha nomi ham arabcha va lotincha transliteratsiyasiga almashdi. Boʻlim nomi ham soddalashtirildi. Al-Gʻumuqiyning professor boʻlganligi haqidagi murakkab gap soddalashtirildi.
Maqola matnini toʻliq qayta oʻqib chiqdim va ayrim oʻzgarishlarni amalga oshirdim. Fikrlaringiz uchun yana bir bora rahmat. Xumoshox Ismoilova (munozara) 05:56, 2026-yil 15-sentyabr (UTC)javob berish
  1. Koʻrsatilgan kamchiliklar muallif tomonidan bartaraf etilipti. Shu sababli ushbu maqolaning status olishini  qoʻllab-quvvatlayman Mirishkorlik (munozara) 13:17, 2026-yil 15-sentyabr (UTC)javob berish
  2.  Roziman --Janob Mirzaolim (munozara) 16:25, 2026-yil 8-oktyabr (UTC)javob berish
Nominator(lar): Sitora Oblakulova (munozara) 09:21, 2025-yil 19-dekabr (UTC)javob berish

Ushbu maqola bahraynlik sportchilarning, shuningdek, Fors koʻrfazi arab davlatlaridan ilk marotaba ayol sportchilarning Yozgi Olimpiada oʼyinlaridagi ishtiroki haqida. Maqolani oʼqib chiqib, unga fikr bildirishingizni soʼrayman. Sitora Oblakulova (munozara) 09:21, 2025-yil 19-dekabr (UTC)javob berish

Maqola uchun muallif @Sitora Oblakulova:ga tashakkur. Maqola matni umuman olganda yaxshi yozilgan. Shu bilan birga tuzatilishi kerak boʻlgan baʼzi kamchiliklarni sanab oʻtsam.

  • maqolada arabcha ismlar bilan aniq bir toʻxtam mavjud emas. Toʻgʻri bu borada oʻzbekcha Vikipediyada ham, til normalarida ham aniq bir qoida shakllanmagan. Ammo anʼanviy tarzda oʻzbek tiliga moslash amaliyoti mavjud. Masalan: Davud, Al Hilli (bu ismning yozilishida bir standart yoʻq ekan. baʼzi oʻrinlarda Hili, baʼzida Al-Hilli yo Al Hilli yoki al Hilli), Mariam. Bu amaliyotga oʻznigiz ham baʼzi oʻrinlarda amal qilgansiz Mohamed — Muhammad Youssef — Yusuf ammo toʻliq emas.
  • baʼzi oʻrinlarda gʻaliz tarjimaga yoʻl qoʻyilgan.
  1. Bu juda ajoyib edi, lekin men bloklarda juda qoʻrqardim. Yuragim juda tez urayotgan edi. Men barcha mashgʻulotlarim haqida oʻyladim va oilamni xursand qilishga harakat qilardim sunʼiy yozilgandek bu yerda oʻzbek tili nazari bilan yondashuv soz boʻlar edi,
  2. Biroq mahalliy aholining? musulmonchilik urf-odatlari sabab Sidney Olimpiya suv sporti markazida mashgʻulotlarni boshlaguniga qadar Hamid Gerashiga erkak sportchilar bilan suzish mashgʻulotlarini olib borish taʼqiqlangan,
  3. Mariam Muhammad Hadi al Hilli Sidneydagi oʻyinlar chogʻida 16 yoshda boʻlib, ushbu musobaqa sportchi uchun ilk va oxirgi Olimpiada oʻyinlari edi

Ushbu kamchiliklar tuzatilib maqola statusga erishadi degan umiddaman. Mirishkorlik (munozara) 11:02, 2026-yil 14-sentyabr (UTC)javob berish

Barcha bildirilgan fikrlar boʻyicha tuzatishlar kiritildi. Sitora Oblakulova (munozara) 10:13, 2026-yil 21-sentyabr (UTC)javob berish
Yaxshi ammo arabcha ismlar imlosi hal etilmapti bu borada aniq yechim zarur. Mirishkorlik (munozara) 04:24, 2026-yil 16-oktyabr (UTC)javob berish