Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bu sahifada yaxshi maqola nomzodlari koʻrsatiladi. Nomzod maqolaga „yaxshi“ unvonini berish-bermaslikni foydalanuvchilar hal qilishadi. Agar nomzod maqola kamchiliklari boʻlsa, ular shu yerda koʻrsatilishi kerak.

Ovoz berayotganda {{roziman}} yoki {{qarshiman}} andozalaridan foydalanishingiz mumkin.


Yaxshi maqolalar asboblari
Aloqador mavzular

Arxiv

Nomzodlikka qoʻyish

  1. Maqolani nomzodlikka qoʻyishdan avval, bu maqola tayinli mezonlarga javob berishiga ishonch hosil qiling.
  2. Nomzod qilib koʻrsatilayotgan maqola munozara sahifasining eng tepasiga {{subst:YMN}} andozasini joylang.
  3. Joylangan andozadagi „Maqolani yaxshi maqola unvoniga nomzod qilib koʻrsating“ havolasi ustiga bosing.
  4. Sahifa ochilgandan soʻng, kerakli joylarni toʻldirib, sahifani chop eting.
  5. Quyidagi matndan nusxa oling: {{Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/nomzod maqola nomi}}. Soʻngra, hozir oʻqib turgan sahifangizdagi Nomzodlar boʻlimining eng tepasiga nusxa olgan matningizni qoʻshing. Nusxa olgan matningizdagi „nomzod maqola nomi“ degan qismini nomzod qilib koʻrsatmoqchi boʻlgan maqola nomi bilan almashtiring va oʻzgarishlarni chop eting.
Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 13:41, 2026-yil 10-oktyabr (UTC)javob berish

Bu maqola Misrning musulmonlar hukmronligi ostidagi birinchi poytaxti Fustat shahri haqida. Bu hududda Misrdagi va Afrikadagi ilk masjidlardan biri Amir masjidi qurilgan. Maqola inglizcha Vikipediyada „yaxshi“ unvonini olgan. Tarixga, islom diniga, madaniy merosga qiziquvchilar uchun kerakli maqola deb oʻylayman.

Hurmatli Kagansky, Nataev, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Panpanchik, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Umarxon III, ITPRO.UZ, Muzaffar Murodovich, Sitora Oblakulova, Abdufattohov Ibrohimjon, Mirishkorlik, MirfayzbekAbdullayev, Hasan Xamidovich, Bekipediya, Humoyun Qodirov, AnvarxonM, TheNomadEditor, MrKrasav4ik, Mupapap29, Jizzakhlik, Mulan Xon, Akosh13 va boshqalar, maqola bilan tanishib chiqib fikrlaringizni bildiring va ovoz berishda ishtirok eting. Janob Mirzaolim (munozara) 13:41, 2026-yil 10-oktyabr (UTC)javob berish

Umuman olganda maqola yaxshi yozilgan. Baʼzi oʻrinlarga tuzatish kiritilsa, fikrimcha, maqola sifati yanada yaxshilangan boʻlardi deb oʻylayman.

1. Ular xalifalik markazini Bagʻdodda oʻrnatib, poytaxtni avvalgi Umaviylar davridagi markaz boʻlgan Damashqdan koʻchirgan. Buning oʻrniga Ular poytaxtni Umaviylar xalifaligi davridagi Damashq shahridan Bagʻdodga koʻchirib, yangi xalifalik markazini aynan Bagʻdod shahrida barpo etgan.

2. Ayrim qadimiy binolar „Eski Qohira“ deb ataluvchi hududda hanuzgacha koʻrinib turadi, biroq qolgan qismining katta qismi qarovsiz qolgan, begona oʻtlar bilan qoplangan yoki chiqindixona sifatida ishlatiladi. Bu yerda qism soʻzi takrorlanib, jumlaning gʻalizroq chiqishiga sabab boʻlgan. Buning oʻrniga: …biroq qolgan binolarning katta qismi qarovsiz qolib, xarobaga aylangan, begona oʻtlar bosgan yoki chiqindi tashlanadigan joy sifatida foydalanilmoqda.

3. Miṣr al-Fusṭāṭ, Fusṭāṭ Miṣr, Miṣr, Maṣr mana bu soʻzlarni ham Misr al-Fustat, Fustat Misr, Misr, Masr shaklida bergan yaxshiroq deb oʻyladim.

Maqolaning boshqa qismlaridagi shu va shu kabi kamchiliklar tuzatilsa soz boʻlardi. Sitora Oblakulova (munozara) 07:04, 2026-yil 12-oktyabr (UTC)javob berish

Fikrlaringiz uchun rahmat. Birinchi ikkita taklif mengayam maʼqul keldi va shunday koʻrinishda oʻzgartirdim. Lekin 3-oʻzgarishga hojat yoʻq deb oʻylayman. Shuning uchun uni oʻz holicha qoldirdim Janob Mirzaolim (munozara) 16:14, 2026-yil 12-oktyabr (UTC)javob berish

Avvalambor @Janob Mirzaolim:ga maqolani nomzodlikka qoʻygani uchun tashakkur aytaman. Nafaqat yangi maqola yaratib nomzodlikka qoʻyilgan, shuningdek unga bogʻliq oʻnlab maqolalar ham tarjima qilingan. Ammo matnni oʻqish davomida kamchiliklar ham sezilarli darajada ekanligiga guvoh boʻldim. Quyida ularni keltirib oʻtsam:

  1. Hozirda Eski Qohira deb nomlanuvchi hududga tutash tarzda, milodiy 641-yilda Misrning musulmonlar tomonidan fath etilishidan soʻng darhol Roshidun musulmon sarkardasi Amr ibn al-Os tomonidan qurilgan. — gap ancha uzun ikkiga boʻlish lozim. Shaharni darhol qurib boʻlmaydi.
  2. Shahar XII asrda oʻzining choʻqqisiga chiqqan va aholisi taxminan 200 000 kishini tashkil etgan[2]. — gʻalizlik, rivojlanish choʻqqisiga chiqqan deyilsa soz.
  3. Shahar Misrdagi maʼmuriy hokimiyat markazi boʻlib, 1168-yilda oʻzining vaziri Shavar tomonidan bosqinchi Salibchilar qoʻliga boyliklari tushmasligi uchun yoqib yuborishga buyruq berilguniga qadar shu vazifani bajargan. - gapda gʻalizlik kuchli toʻliq oʻzgartirish lozim.
  4. Bugungi kunda Fustat zamonaviy Eski Qohira tumani tarkibidagi mavze boʻlib, uning poytaxtlik davridan juda kam binolar saqlanib qolgan. — uning poytaxtlik davridan?. poytaxt boʻlgan chogʻlaridan, davrlaridan deyilishi lozim.
  5. Koʻplab arxeologik qazishmalar natijasida hududda koʻmilgan? boy moddiy meros topilgan. gapni Koʻplab arxeologik qazishmalar natijasida hududda yer ostida saqlanib qolgan moddiy boyliklar topilgan ga oʻzgartirish mumkin.
  6. 1168-yilda esa oʻzining vaziri Shavar shahar salibchilarning Quddus Qirolligi qiroli Amalric qoʻliga tushishidan qoʻrqib, yoqib yuborishga buyruq bergan[5]. bu gapda ham yuqorida keltirilgan xato uchraydi.
  7. Koʻchib kelganlarning aksariyati Yamandan, keyingi eng katta guruh esa Arabistonning gʻarbiy qismidan kelgan. — boʻlgan deylik tavtologiyadan qochgan boʻlamiz. Keyingi gapda esa ketma-ket takror boʻlmasligi uchun uchragan deyish joiz.
  8. VIII asrda Fustatda qibtiy tili hamon soʻzlashuvda boʻlgan — oʻtgan zamondagi gapda hamon ishlatilishi qanchalik toʻgʻri?
  9. Ammo Tunisdan kelgan Fotimiylar qoʻmondoni Javhar ushbu hududni egallaganida, Misr oʻziga xos mustaqil hokimiyat markaziga aylangan yangi davr boshlandi. — egallagach!
  10. Biroq oʻsha paytda Qohira hukumat markazi sifatida moʻljallanmagan edi — shahar, asosan, xalifa, uning saroyi va qoʻshini uchun ajratilgan qirollik hududi vazifasini bajargan, Fustat esa iqtisodiy va maʼmuriy hokimiyat markazi sifatida poytaxt boʻlib qolgan[1]. — Biroq oʻsha davrda Qohira davlat boshqaruvi markazi sifatida barpo etilmagan edi — shahar, avvalo, xalifa, uning saroyi va qoʻshini joylashgan qirollik qarorgohi vazifasini bajargan. Fustat esa iqtisodiy va maʼmuriy hokimiyat markazi sifatida poytaxt maqomini saqlab qolgan.
  11. Hududdagi eng qadimiy saqlanib qolgan bino IX asrga oid Ibn Tulun masjidi boʻlishi mumkin?. — manba yoʻq.
Butun matn boʻyicha ishlanishi lozim jihatlar:
  1. Butun matndagi al artiklini qoʻllashda standard yondashish zarur. Gap boshida bosh harf bilan oʻrtasida esa kichik harf bilan qoʻllash maqsadga muvofiq.
  2. Arabcha soʻz va birikmalarning baʼzida xalqaro fonetik alifbodagi talqini berilgan: "Dalālat al-ḥā'irīn", Fusṭāṭ Miṣr va hokazo. Anʼanaviy tarzda yozilishi maʼqul.
  3. Maqola ingliz tilidan tarjima qilingani bois unda inglizcha matn ruhi mavjud. Shu sababli gaplarni soʻzma-soʻz tarjima qilishdan qochish kerak.

Maqola yana bir bor tahrirlanib, mukammallashtirilishiga ishonaman. Mirishkorlik (munozara) 18:18, 2026-yil 15-oktyabr (UTC)javob berish

Maqolani toʻliq oʻqib, fir bildirganingiz uchun rahmat. Siz aytgan ayrim oʻzgarishlar qilindi. Ayrimlari esa avvalgi holicha qoldirildi. Hududdagi eng qadimiy saqlanib qolgan bino IX asrga oid Ibn Tulun masjidi boʻlishi mumkin jumlasi uchun manba topa olmadim. Lekin jumlani Hududdagi asl koʻrinishida saqlanib qolgan eng qadimiy bino IX asrga oid Ibn Tulun masjidi boʻlishi mumkin deb oʻzgartirdim. Chunki bu masjid asl koʻrinishida saqlanib qolgan, undan qadimiyroq Amir masjidi esa keyingi asrlarda qayta-qayta qurilgan. Sizning va @Sitora Oblakulova fikrlarini inobatga olib, Miṣr al-Fusṭāṭ, Fusṭāṭ Miṣr, Miṣr, Maṣr, Dalālat al-ḥā'irīn kabi arabcha soʻzlarning lotincha literatsiyasi oʻzbekcha shaklda berildi (masalan, Dalolat al-hoirin kabi).
Maqolani yana bir oʻqib, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! Janob Mirzaolim (munozara) 08:07, 2026-yil 16-oktyabr (UTC)javob berish
  1.  Roziman AnvarxonM (munozara) 15:32, 2026-yil 10-oktyabr (UTC)javob berish
  2.  Roziman MrKrasav4ik (munozara) 17:13, 2026-yil 10-oktyabr (UTC)javob berish
  3.  Roziman — Boshqa shahar va joylar haqidagi „Yaxshi maqola“ maqomiga ega maqolalar bilan solishtirib chiqdim. Menimcha, maqola shu oydagi „Misr oyligi“ marafoni mavzusiga mos, ham mazmun jihatidan yaxshi yozilgan. Faqat yanada koʻproq rasm va vizual materiallar qoʻshilsa, yanada yaxshiroq boʻladi. Foydalanish mumkin boʻlgan rasmlarni arabcha Vikipediya maqolalarida koʻrdim. Rahmat! Jizzakhlik (munozara) 03:50, 2026-yil 11-oktyabr (UTC).javob berish
    Roziligingiz, fikrlaringiz va takliflaringiz uchun rahmat. Maqolaning arabcha variantidan ikkita rasm qoʻshdim. Boshqa rasmlar ham chiroyli, lekin ular Fustatni emas, balki Qibtiy Qohirani ifodalagani uchun ularni olmadim. Janob Mirzaolim (munozara) 08:02, 2026-yil 11-oktyabr (UTC)javob berish
  4.  Roziman — Mulan Xon (munozara) 12:35, 2026-yil 11-oktyabr (UTC)javob berish
  5.  Roziman Mupapap (munozara) 17:34, 2026-yil 12-oktyabr (UTC)javob berish
  6.  Roziman — Akosh13 18:12, 2026-yil 12-oktyabr (UTC)javob berish
  7.  Roziman aytilgan kamchiliklar to'g'irlanib maqola qayta tahrirlanibdi. --Mirishkorlik (munozara) 14:32, 2026-yil 16-oktyabr (UTC)javob berish
Nominator(lar): Oblakulova (munozara) 08:38, 2026-yil 18-iyun (UTC)javob berish

Buvayhiylar amirligining soʻnggi amiri haqidagi ushbu maqola bilan tanishib, oʻz fikrlaringizni bildirishingizni va ovoz berish jarayonida ishtirok etishingizni soʻrayman. Maqola inglizcha vikipediyada ham yaxshi maqola statusiga loyiq topilgan. Oblakulova (munozara) 08:38, 2026-yil 18-iyun (UTC)javob berish

Muallifning oʻzbekcha Vikipediyada sifatli maqolalar koʻpayishi yoʻlidagi harakatlarini olqishlayman. Umuman olganda maqola yaxshi yozilgan ammo quyida baʼzi kamchiliklarni keltirib oʻtsam:

  1. Abu Tolib Rustam (forscha: ابو طالب رستم‎‎; 997–1029) — 997-yildan 1029-yilgacha Raydagi Buvayhiylar amirligining soʻnggi amiri. — tavtologiyadan qochish lozim, shuningdek Raydagi Buvayhiylar? deyilganda faqat shaharga bogʻlanib qolmoqda. Taklif: Abu Tolib Rustam — 997–1029-yillarda Rayda hukmronlik qilgan Buvayhiylarning soʻnggi amiri..
  2. Asosan, Majd ud-Davla (مجد الدوله) laqabi bilan tanilgan. — jumla inglizchadan soʻzma soʻz tarjima qilingani uchun commonly -> asosan deya gapga qoʻshib tarjima qilingan. Tarjimada har bir soʻz olib oʻtilishi til jozibadorligiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bu yerda asosan soʻzi shart emas.
  3. Zaif hukmdor boʻlib, hukmronligining katta qismida amalda nomigagina hukmdor edi. — kichik gapning oʻzida uch oʻrinda hukm soʻzi ishlatilyapti.
  4. Davlatning haqiqiy boshqaruvi esa onasi Sayyida Shirinning qoʻlida boʻlgan. — Davlatning haqiqiy boshqaruvi? -> Davlat boshqaruvi amalda onasi Sayyida Shirinning qoʻlida boʻlgan.
  5. Maqolada oʻtgan zamonga tegishli gaplarning oxiridagi -di ni -adi, -gan ga oʻzgartirish lozim.

Sitora Oblakulova ushbu kamchiliklar bartaraf etilib maqola yanada mukammal boʻlishiga ishonaman Mirishkorlik (munozara) 05:03, 2026-yil 16-oktyabr (UTC)javob berish

Fikrlaringiz uchun rahmat. Yuqorida keltirilgan, shuningdek, maqolani yana bir-ikki karra oʻqish mobaynida kuzatgan kamchiliklarimni tuzatib qoʻydim. Sitora Oblakulova (munozara) 12:48, 2026-yil 21-oktyabr (UTC)javob berish
  1.  Roziman - Ahror Akramovich (munozara) 10:47, 2026-yil 29-iyun (UTC)javob berish
  2.  Roziman --Mirishkorlik (munozara) 10:06, 2026-yil 23-oktyabr (UTC)javob berish
Nominator(lar): MinaUktamova (munozara) 16:45, 2025-yil 29-dekabr (UTC)javob berish

Ushbu maqola Livan xarobalarida oʻta ogʻir sharoitda yashayotgan bolalar hayoti yoritilgan film haqida. Tanishib chiqib, oʻz fikringizni bildirishingizni va ovoz berish jarayonida ishtirok etishingizni soʻrayman. MinaUktamova (munozara) 16:45, 2025-yil 29-dekabr (UTC)javob berish

Maqola ustida ishlanib, uni statusga olib chiqish uchun harakat qilingan, ammo koʻzim tushgan va menga birmuncha gʻalizroq tuyilgan jumlalarni keltirishni joiz deb bildim. Jumladan, „Film Oscar mukofotining „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasi uchun nomzodlik qilgan“ gapini, „Film Oscar mukofotining „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasi uchun nomzod sifatida koʻrsatilgan" yoki „nomzodlikka qoʻyilgan“ deyilsa va maqolaning boshqa oʻrinlarida ham keng qoʻllaniladigan variantlardan foydalanilsa yaxshiroq boʻlardi.

Shuningdek, Mukofotlar boʻlimidagi jadvalda keltirilgan nominatsiyalarning nomlari toʻliq tarjima qilinmay, Audience Favourite, US/International Narrative Feature, Fan Favourite Award, Prize of the Ecumenical Jury kabi shakllarda qoldirilgan. Jadvaldagi natija qismida berilgan nominated va won soʻzlari toʻgʻridan toʻgʻri nominatsiya va yutuq shaklida tarjima qilingan. Bundan qanday maʼno tushunish mumkin? Nominatsiya olganmi? Unda yutuq nima? Aslida bu qismlar tushunarliroq qilib nomzodlikka qoʻyilgan va gʻolib boʻlgan kabi shakllarda berilishi kerak.

Punktuatsiya bilan bogʻliq kichik muammolar ham yoʻq emas. Masalan, „Tabassum qil, Zain. Bu surat passportga, vafot etganlik guvohnomasiga emas!“. gapi soʻngida qoʻshtirnoq ichida undov qoʻyilgach, tashqarida nuqtaning keragi yoʻq. Shuningdek, kirish soʻzlar har ikkala tomonidan vergul bilan ajratilishi va boshqa shu kabi muammolarni ham bartaraf etish kerak.

Umuman olganda maqola yaxshi tarjima qilingan, ammo uni bir oʻqiganda tushunarli, kamchiliklardan holi va statusga loyiq deb boʻlmaydi (hozircha). Maqola ustida yanada ishlab, uni yaxshilashingizni tilab qolaman. Sitora Oblakulova (munozara) 07:35, 2026-yil 12-iyun (UTC)javob berish

  1.  Qarshiman afsuski muallifning nomzodga qoʻygan maqolasiga nisbatan qiziqishi soʻnganga oʻxshaydi. Muallif tomonidan soʻnggi tahrir 10 oy avval amalga oshirilgan. Shuningdek yuqorida keltirilgan kamchiliklar toʻgʻirlanmagan va javob qaytarilmagan. Undan tashqari ham maqolada yana yetarlicha kamchiliklar mavjud. --Mirishkorlik (munozara) 05:19, 2026-yil 16-oktyabr (UTC)javob berish

#  Qarshiman. Koʼrsatib oʼtilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan. Oblakulova (munozara) 08:59, 2026-yil 16-oktyabr (UTC)javob berish

  1.  Qarshiman Koʼrsatib oʼtilgan kamchiliklar bartaraf etilmadi. Sitora Oblakulova (munozara) 09:03, 2026-yil 16-oktyabr (UTC)javob berish
Nominator(lar): Lili (suhbat) 11:50, 16-Iyul 2024 (UTC)

Assalomu alaykum, Hindiston sobiq prezidenti haqidagi ushbu maqolani YM statusiga qoʻyishni joiz topdim. Maqola enwikida ham ayni shu statusga loyiq koʻrilgan. Bu maqola tarix sohasi boʻyicha vikipediyani rivojlantirish, hamda vikipediya foydalanuvchilari uchun foydali manba boʻladi degan umiddaman. Maqolani koʻrib chiqib, fikrlaringizni qoldirishingizni soʻrayman. Lili (suhbat) 11:50, 16-Iyul 2024 (UTC)

  • Kirish qismida ham kamchiliklar bor.
  • Yillar orasida tire boʻladi.
  • Baʼzi joylarda Faxruddin baʼzi joylarda esa Faxriddin boʻlib ketgan. Maqolani yana bir koʻzdan kechirib chiqsangiz yaxshi boʻladi. Ibrohimjon 12:11, 16-Iyul 2024 (UTC)
    Assalomu alaykum, xatolarimni koʻrib, tuzatib chiqdim. Rahmat. Lili (suhbat) 04:01, 17-Iyul 2024 (UTC)

Maqola ancha yaxshi rasmiylashtirilgan lekin ayrim kamchiliklari mavjud:

  1. Avvalo kirish qismidagi qizil linkli maqolalar. Premablua qismining bosh sahifada koʻrinishini hisobga olgan holda qizil linkli maqolalarni ham yaratib chiqishlikni tavsiya qilaman.
  2. Rahmon, shuningdek, lavozimda vafot etgan birinchi musulmon va birinchi prezident boʻlgan Zokir Husayn qabrining ham meʼmori boʻlgan jumlasi tahrirga muhtoj. Shuningdek, Rahmon birinchi oʻz lavozimdalik vaqtida vafot etgan, musulmon prezident Zokir Husayn qabri qurilishida ham meʼmorlik qilgan koʻrinishi nazarimda birmuncha tushunarliroq boʻladi.
  3. Shu bilan birgalikda ayrim oʻrinlarda punktuatsiya (asosan vergul) bilan bogʻliq kichik muammolar mavjud.
  4. Ayrim ichki vikilinklarda boshqacha maqolada esa boshqa koʻrinishi berilgan. Masalan, Faisal – Faysal ibn Abdulaziz as-Saud maqolasiga yoʻnaltirish beradi. Shu singari kamchiliklar bir necha oʻrinlarda kuzatilganligi bois ichki havola berilgan qismlarni qayta koʻrib chiqish darkor.
  5. Maqola tarkibida koʻplab murakkab qoʻshma gaplar mavjud. Ularni tushunarliroq holatga keltirish, zarur boʻlsa sodda gaplarga ajratish lozim.
  6. Tushunishga qiyin boʻlgan tushuncha va terminlar, joy nomlariga ichki havola berishni tavsiya qilaman. Keyinchalik maqolalar yaratilgach, bu maqola ham oʻquvchiga yanada tushunarliroq boʻladi.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etgan holda, maqolani yana bir qayta koʻrib chiqing. PanPanChik #yozish 06:10, 3-avgust 2024 (UTC)

Assalomu alaykum, qizildagi maqolalarni yaratib chiqdim. 2-masalani ham koʻrib, toʻgʻirladim. Vergul bilan bogʻliq muammolarni ham koʻrib chiqdim, yana bir qarab chiqaman. Ichki havolalarni ham aslidek yozib chiqdim. Baʼzi murakkab gaplarni iloji boricha maʼnosini buzmagan holda ajratishga harakat qildim. Qoʻshimcha ichki havolalar ham qoʻshdim. Siz yuqorida aytib oʻtgan kamchiliklarni bartaraf etdim deb oʻylayman. Maqolani qaytadan koʻrib, fikringizni qoʻldirishingizni soʻrayman, rahmat! Lili (suhbat) 14:34, 5-avgust 2024 (UTC)

Maqola tuzilish jihatidan ancha yaxshi rasmiylashtirilgan. Lekin matn mazmuni bilan bogʻliq kamchiliklar bor:

  1. Salute To The President Fakhruddin Ali Ahmed (Prezident Faxruddin Ali Ahmadga salom) — 1977-yilda rejissyor J. S. Bandekar tomonidan suratga olingan, Hindistonning filmlar boʻlimi tomonidan Faxruddin Ali Ahmadning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan qisqa metrajli hujjatli film. - Kimdir suratga ogan filmni filmlar bo'limi kelib Ali Ahmad bagʻishlab berganmi shunda? Jumla tushunarsiz va uzun.
  2. 2005-yilda esa bu vaqtincha toʻxtatilgan, 2013-yildan beri Prezidentning Polo Kubogi koʻrgazmasi sifatida oʻtkazib kelinmoqda. - Bu gap sport bo'limida yozilganligini hisobga olsak, sport musobaqasi qanday qilib ko'rgazmaga aylanib qolgan?
  3. Ismlarni ichki havolaga olib chiqishni maslahat beraman.

Yuqorida sanab o'tilgan kamchiliklar maqola matni bilan hali ishlanishi kerakligidan dalolat. Maqola ustida tayinli tahrirlar amalga oshirilsa, qayta ko'rib chiqib, ovoz berish jarayonida o'z fikrimni bildiraman. Maroqli tahrirlar! - Hasan Xamidovich (munozara) 07:45, 5-avgust 2024 (UTC)

Birinchi gapda, shu boʻlim tashabbusi bilan film suratga olingan degan maʼnoda yozilgan edi, gapni tushunarli holatga keltirdim. Ikkinchi gapda notoʻgʻri sinonimdan foydalangan ekanman, uni ham toʻgʻirladim. Qoʻshimcha ichki havolalar ham qoʻshdim. Yuqoridagi siz sanab oʻtgan kamchiliklarni tuzatdim. Maqolani qaytadan koʻrib, fikringizni qoldirishingizni soʻrayman, rahmat! Lili (suhbat) 14:39, 5-avgust 2024 (UTC)
  • 1957-yildan 1966-yilgacha Bimala Prasad Chaliha davrida yana moliya vaziri etib saylangan. Yillar orasida biron lavozimda faoliyat olib borishi mumkin, saylanish esa bir onda sodir boʻladi. 1957-yilda saylandi, 1966-yilgacha moliya vaziri sifatida faoliyat yuritdi deyilsa maʼqulroq boʻlardi. ANJANIY#gurung 14:27, 9-avgust 2024 (UTC)
    Assalomu alaykum, jumlani qayta koʻrib, oʻzgartirish kiritdim. Lili (suhbat) 15:20, 9-avgust 2024 (UTC)

Maqola statusga nominator sifatida koʻrsatilganiga 6 oydan ortiq muddat boʻlibdi. Xulosa chiqaruvchilar ITPRO.UZ, Hasan Xamidovich, Umarxon III faol boʻlishingizni soʻrab qolaman. Just Khumoyun (munozara) 14:11, 2025-yil 31-mart (UTC)javob berish

Assalomu alaykum maqolada yetarlicha kamchliklar mavjud, kirish qisimining oʻzidayoq bu yaqqol koʻzga tashlanadi. Masalan, 1930-yillarda Hindiston Milliy Kongressi bilan uzoq muddatli hamkorlikni boshlagan Ahmad, 1939-yilda Gopinath Bordoloi vazirligida Assam moliya vaziri sifatida faoliyat yuritgan. U 1946-yilda Assamning general-advokati boʻlgan matnini olaylik. Hindiston Milliy Kongressi partiya boʻlib, partiya bilan uzoq muddatli hamkorlik qilinmaydi, balki bu partiyada faolyatini boshlagan deb olinishi kerak. Gopinath Bordoloi vazirligida emas, balki Gopinath Bordoloi bosh vazirligi davrida, 1946-yilda Assamning general-advokati boʻlgan gapidagi general-advokat soʻzi aslida bosh advokat boʻladi. Prezident sifatida Ali Ahmad 1975-yil avgust oyida Favqulodda vaziyatni joriy qilganda favqulodda vaziyat jumlasi notoʻgʻri olingan, bu jumla texnogen hodisalarga nisabatan qoʻllaniladi. Siyosatda esa favqulodda holat joriy etiladi. Ali Ahmad oʻrniga vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi Basappa Danappa Jattidan koʻproq ovoz toʻplagan Neelam Sanjiva Reddy 1977-yilda Hindistonning oltinchi prezidenti etib tayinlangan. bu gap ham tushunarsiz, maqolaning inglizchasida (Ahmed was succeeded by B. D. Jatti as acting president and by Neelam Sanjiva Reddy as the sixth president of India in 1977) Jatti Ahmad vafotidan soʻng vaqtincha prezident vazifasini bajarganligi, 1977-yilda esa Hindistonning 6-prezidenti etib Reddy saylanganligi yozilgan. Maqola hozirda status olishga nomunosib, kamchiliklarni tuzatilishi kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 04:57, 2025-yil 10-iyun (UTC)javob berish
  1. Maqolada qoʻpol xato va kamchiliklarga duch kelmadim. Shuning uchun maqolani YM olishiga  Roziman Gulsanam Jahongirovna (munozara) 04:54, 3-sentyabr 2024 (UTC)
  2.  Roziman Maqolani oʻqib chiqib, hech qanday jiddiy kamchiliklarga koʻzim tushmadi, shu sababli maqolani status olishiga Sevayuu (munozara) 04:51, 3-sentyabr 2024 (UTC)
  3.  Roziman -Didosh Jurayeva (munozara)
  4.  Roziman - Tahrirchiqiz (munozara)Tahrirchiqiz (munozara) 05:01, 3-sentyabr 2024 (UTC)
  5.  Roziman Maqola yaxshi yoritilgan. Shuning uchun Yaxshi statusi berilsin. Xatchiman (munozara) 04:58, 3-sentyabr 2024 (UTC)
    Izoh: Yuqoridagi 5 ovozda ovoz ovchiligi yuzaga kelganligi ehtimoli yuqoriligi uchun ular xulosa jarayonida hisoblanmaydi. W/ "Hasan Xamidovich" 19:42, 2025-yil 22-avgust (UTC)javob berish
    Assalalomu alaykum, uzr-u, ammo bu ovozlarda hech qanday siz aytib oʻtgan holat kuzatilmagan. Bu maqola oromgoh vaqtida kiritilganligini hisobga olsak, oʻsha vaqtda men bilan bir guruhda boʻlgan ishtirokchilar oʻqib chiqib, oʻz ovozlarini berishgan. Hech qanday majburlash yoki „agitatsiya“ qilish holatlari kuzatilmagan. Bu maqolani status olish-olmasligiga hech qanday eʼtirozim yoʻq. Shunchaki bilishingizni xohlardim, vikipediyada hamma narsa shubha asosida ishlanmaydi, isbot talab etiladi! Lili (suhbat) 13:21, 2025-yil 19-sentyabr (UTC)javob berish
  6.  Roziman – Ahror Akramovich (munozara) 12:31, 2024-yil 22-dekabr (UTC)javob berish
  7.  Roziman – ITPRO.UZ (munozara) 20:55, 2025-yil 1-aprel (UTC)javob berish
  8.  Roziman – Maqola YM statusini olishga arziydi deb hisoblayman. 7Devona (munozara) 08:23, 2025-yil 4-may (UTC)javob berish
  9. Maqolani oʻqib chiqdim, qoʻpol xatolarga koʻzim tushmadi, maqolaga YM statusi berilishiga  Roziman.Axadjon1 02:49, 2025-yil 10-iyun (UTC)javob berish
  1.  Qarshiman maqola statusga mos emas. Nomzodlikka qoʻyilganiga esa yillar boʻldi. Muallifning maqolaga qiziqishi qolmagan. --Mirishkorlik (munozara) 10:08, 2026-yil 23-oktyabr (UTC)javob berish
  1.  Betarafman. Ibrohimjon 05:27, 2024-yil 7-dekabr (UTC)javob berish

Ushbu maqola statusga nomzod qilib koʻrsatilganiga 6 oy boʻlibdi. Menimcha, xulosa chiqarish muddati kelgan. Lazizbek95 (munozara) 09:40, 2025-yil 28-yanvar (UTC)javob berish

Hurmatli adminlar: Kagansky, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov hamda xulosa chiqaruvchilar: Umarxon III, ITPRO.UZ, Hasan Xamidovich maqola nomzodlikka qoʻyilganiga 2 yildan oshipti. Yuqorida taʼkidlangandek nomzod maqolaga yakuniy xulosa chiqarishingizni soʻrab qolaman. --Mirishkorlik (munozara) 18:35, 2026-yil 15-oktyabr (UTC)javob berish