Kontent qismiga oʻtish

Dono Boboxonova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dono Boboxonova
Danisiya Dayanovna Boboxonova
Tavalludi 20-noyabr 1946-yil
Vafoti 15-aprel 2026-yil(2026-04-15)
(79 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1968-yildan
Mukofotlari

Dono (Danisiya) Dayanovna Boboxonova (1946-yil 20-noyabr, Uygʻur tumani, Olmaota viloyati, Qozogʻiston SSR, SSSR — 2026-yil 15-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek va sovet teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1996). Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrining yetakchi aktyorlaridan biri.

Danisiya Dayanovna Boboxonova 1946-yil 20-noyabrda Qozogʻiston SSRda tugʻilgan[2]. 1970-yil Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr-rassomlik institutining (hozirda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti) musiqali teatr aktyorligi boʻlimini tamomlagan. Aktyorlik faoliyatini 1968-yilda „Yosh gvardiya“ teatrida (hozirda Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrida) boshlagan[3]. 1996-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[4]. Danisiya Babaxanovaning teatr sahnasida ijro etgan rollari: „Diydor“da Oymomo, „Oʻn sakkiz yoshligim“da Muhabbat, „Birinchi boʻsa“ Charos, „Uchinchi orzu“ Vera, „U odam nima-yu, bu odam nima?“ birinchi guvoh, „Qaytar dunyo“da Xatira, „Checha“da ona, „Soʻnayotgan yulduzlar“ Sonya, „Tinmasin soz“ Rahima, „Assalomu alaykum, qizlar“da Anushaxonim, „Gunohkor avliyo“da Liza, „Otasining qizi“da Hakima, „Yoshlik — beboshlik“da Lazzat, „Qirol Lir“da saroy xonimi, „Maʼmura kampir“da Saltanat, „Buxoroi sharif“da Komiljon, „Alvon gul“da enaga, „Malika“da Farogʻat, „Saratondagi izgʻirin“da Moʻtabar, „Non, qon, inson“da ona, „Hayot baribir goʻzal“da Bahriniso, „Zaharli hayot“da Sora, „Dovyurak Van Lao“da Daxey, „Kurash momo“da Kurash momo, „Ayajonlarim“da Toʻtiniso, „Ayol“ ona, „Baxt eshik qoqqanda“da Barno, „Farrosh kampirning tushlari“ farrosh, „Eski muhabbat“da Raʼnoxon, „Ayollar saltanati“da boshliq, „Bir sevgi rivoyati“da Ildizmomo, „Arosat iztirobi“da Mohiniso, „Besh soʻm“da Salbi, „Togʻa-jiyanlar“da Asalxon, „Tashvishlanmang, onajon“da Daduna, „Romeo va Julyetta“da enaga va yana boshqa oʻnlab obrazlari orqali el suygan sanʼatkorga aylangan va xalqimiz dilidan munosib joy olgan ijodkordir. Kinoda ham oʻziga xos turfa rollarni maromiga yetkazib ijro etgan: „Bozor koʻrmagan yigit“da ona, „Arazlasang, oʻlaman“da qaynona, „Chol va nabira“da Sobira, „Tilim qursin“da sovchi va boshqalar shular jumlasidandir.

  1. „Қозоғистонда туғилган ўзбек санъати вакиллари (+фото)“. hordiq.uz (2024-yil 13-yanvar). 2024-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 12-fevral.
  2. „Доно Бобохонова (Данисия Даяновна Бабаханова)га табрик!“. Muzaffar.uz. Qaraldi: 27-dekabr 2023-yil.
  3. „Дана Бабаханова“ (ru). Kino-teatr.ru. Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.
  4. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 26.08.1996 yildagi PF-1546-son“. Lex.uz (1996-yil 16-avgust). Qaraldi: 26-dekabr 2023-yil.