Kontent qismiga oʻtish

Datsit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Datsit (lotincha: dacia — Dakiya) — nordon effuziv togʻ jinsi. Granodiorit va kvarsli dioritlarning effuziv turi. D. paleozoy (Ural), mezozoy, kaynozoy (Kavkaz) davridagi vulkanlardan otilib chiqqan. Shuningdek, D. keyingi paytda Kamchatkadagi vulkan lavalaridan ham hosil boʻlgan. Oʻzbekistonda ChatqolQurama, Hisor togʻlarida tarqalgan. D. bor joyda alyuminiy, oltin, mis, polimetall konlari boʻlishi mumkin. D. qurilish materiali.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil